09/08/2024

2024- yilning  yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Tuproqqal’a tumanida 5,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich viloyat sanoatining 49,0 %ini tashkil qilgan.

Tumanda sanoat ishlab chiqarish  umumiy hajmining 98,8 %i ishlab chiqaradigan sanoat, 1,2 %i elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ishlab chiqarish faoliyat turlari ichida eng yuqori ulush avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan va 77,8 % (4,6 trln so‘m)ni tashkil etgan.

 Axborot xizmati