2024- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda hajmi 11,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich jami sanoat ishlab chiqarishining 96,6 % ini tashkil etdi.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida:
-mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 43,0 %
-metallurgiya sanoatining ulushi – 0,2 %
-to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 23,4 %
-oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 26,0 %
-kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,9 %
-yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to`qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 2,9 %ni tashkil etdi.
Axborot xizmati