Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024- yil 1- iyul holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida 13 880 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 221 tasi qo‘shma va 9 659 tasi xorijiy korxonalardir.
Sohalar kesimida esa ular quyidagicha:
savdo sohasida – 4 833 ta;
sanoat sohasida – 3 091 ta;
qurilish sohasida – 985 ta;
axborot va aloqa sohasida – 954 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 548 ta;
tashish va saqlash sohasida – 474 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 385 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 184 ta;
boshqa sohalarda – 2 426 ta.
Matbuot xizmati