2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xiva tumanida 321,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning 6 oyiga nisbatan 109,3 %ni tashkil qildi.
Tumanda norasmiy sektor tomonidan shu davrda 51,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatkich umumiy qurilish ishlari hajmining 16,0 %iga teng bo‘lgan.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi:
yangi turar-joylar qurilishi – 39,1 mlrd so‘m
yangi noturar-joylar qurilishi – 8,0 mlrd so‘m
turar-joylarni ta’mirlash ishlari – 4,3 mlrd so‘m.
Axborot xizmati