08/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritayotgan 226 ta sanoat korxonasi tomonidan 378,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Sanoat ishlab chiqarishning faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida eng yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish  hissasiga to‘g‘ri  kelgan va 46,3 %ni yoki 175,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash (38,4 %) va oziq-ovqat mahsulotlari (7,0%) ishlab chiqarish sohalarining salmog‘i yuqori bo‘lgan.

Tumanda sanoat ishlab chiqarishining 77,5 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati