Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 10,6 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.
Mahsulot yetishtirishning eng katta hajmi fermer xo‘jaliklarida qayd etildi va 8166 tonna yoki 76,7 % ulushni tashkil etdi.
Hududlar orasida poliz mahsulotlari yetishtirish tarkibining asosiy qismi Xonqa tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan va 2,9 ming tonnani (27,2 % ulushini) tashkil qilgan.
Axborot xizmati