05/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning shu davri bilan solishtirilganda hududda mazkur xizmatlar hajmining viloyat bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi, ya’ni 14,1 %ga oshgani qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida: 2024- yilning 1- iyul holatiga tumanda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 22 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

 Axborot xizmati