05/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4207,9 mlrd so‘mni, viloyatning umumiy hajmidagi ulushi 57,5 %ni tashkil etgan.

2023- yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, kichik tadbirkorlikning xizmat ko‘rsatish hajmi 15,2 %ga o‘sgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  yuqori ulushi Gurlan tumani (81,1 %), Qo‘shko‘pir tumani (77,6 %), YAngiariq tumani (75,8 %),  Xonqa tumanida (74,1 %) qayd etilgan. 

 Axborot xizmati