02/08/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning iyul oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2023- yil iyul oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,5 % ni tashkil etgan.

2024- yilning iyul oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan, nooziq-ovqat tovarlari 0,7 % ga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,5 % ga oshgani kuzatilgan.

Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 120 mingdan ortiq narxlar qayd etilgan.

420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

   Matbuot xizmati