2024–yilning yanvar–iyun oylarida Qo‘shko‘pir tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 630,8 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63,5 %ga oshgan.
Jami investitsiyalarning 94,6 %i yoki 596,5 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida tumanda asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 440,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati