02/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 2 886,7 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 26,7 %ini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 13,0 %ga oshgan.

Viloyatda jami yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Bogʻot (12,9 %), Urganch (11,9 %), Xonqa (10,4 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Dehqonchilik mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimidagi tahliliga ko‘ra, yuqori o‘sish sur’atlari Tuproqqal’a (142,4 %), Xiva (119,6%) va Xonqa (118,4%) tumanlarida qayd etilgan.

 Axborot xizmati