02/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 103 778 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, xo‘jalik toifalari orasida sabzavotlar yetishtirishning eng katta hajmi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi va 71924 tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 69,3 %ini tashkil qildi.

2023- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrda nisbatan 0,1 % o‘sish qayd etildi.

Hisobot davrida sabzavot umumiy hajmining 21 004 tonnasi fermer xo‘jaliklarida, 10 850 tonnasi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda yetishtirilgan.

 Axborot xizmati