02/08/2024

Shu yilning 2- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2024- yilning 18- iyul kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-sonli Farmonning asosiy mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, zarur tushuntirishlar berib o‘tdi.


Axborot xizmati