2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 7,9 trln so‘mni tashkil qildi.
Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 73,3 %ini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda ishlab chiqarish hajmi 4,9 %ga oshgan.
Viloyatda jami chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Qoʻshkoʻpir (11,9 %), Urganch (11,3 %), Xonqa (10,4 %), Gurlan va Shovot (10,2 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati