Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,2 trln so‘mni tashkil etgani holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 %ga oshgan.
Jami bozor xizmatlari hajmida kichik biznesning ulushi 57,5 %ni tashkil etgan.
2024- yilning 1- iyul holatiga xizmatlar sohasida 14 956 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati