30/07/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Qoʻshkoʻpir (1 288,9 mlrd so‘m), Urganch (1 269,6 mlrd so‘m) va Xonqa (1 159,1 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda sohada ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari esa Tuproqqal’a (112,6 %), Xiva (106,0 %) va Gurlan (105,7 %) tumanlarida qayd etildi.

 Axborot xizmati