2024- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 6 015,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan umumiy hajm 27,5 % ga oshgan.
Jami investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,6 % (521,9 mlrd so‘m)ni tashkil etdi. Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 5 493,5 mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 91,4 %i o‘zlashtirildi.
Axborot xizmati