29/07/2024

Joriy yilning 29-iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  boshqarma va tuman (shahar) statistika bo’lim xodimlari uchun STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda xodimlarga STATA dasturidan foydalanish va ish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, dasturdan foydalanish hamda maʼlumotlar xavfsizligi masalalari amaliy misollar bilan tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.