Joriy yilning 26- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni”ga bagʻishlab boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot tahliliy ishlar boʻlimi bosh mutaxassisi M.Xudayberganov “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 18- iyulda qabul qilingan PQ-267-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan oʻquv-seminar yigʻilishi oʻtkazdi.