19/07/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy investitsiylar ishtirokida 1 885 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

 Ularning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:

 savdo sohasida – 766 ta

sanoat sohasida – 303 ta

axborot va aloqa sohasida – 160 ta

qurilish sohasida – 157 ta

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 99 ta

tashish va saqlash sohasida – 54 ta

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 53 ta

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 18 ta

boshqa sohalarda – 275 ta