Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 26,7 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,9 %), Rossiya (17,9 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,4 %) qayd etilgan.
Eksport – 10,8 mlrd (1,9 % ga oshgan)
Import – 15,9 mlrd (3,7 % ga oshgan)
Matbuot xizmati