21/06/2024

2024- yilning 21- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda asosiy mavzu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Asosiy Qonunning mazmun va mohiyati, undagi o‘zgarishlar xususida ma’lumot berdi.
Shuningdek, “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritish haqida”gi (2024- yil 19- iyun, O‘PQ-933-son) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi bilan qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar yuzasidan ham tushuntirish berildi.

Axborot xizmati