14/06/2024

Joriy yilning 14- iyunida  Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda ishtirokchilar  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (2017- yil 3- yanvar, O‘RQ-419-son) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan yana bir marotaba tanishtirildi.

Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024- yil 5- iyundagi PQ-210-son qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.


Axborot xizmati