12/06/2024

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-aprel oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 23 376 nafar;

Tojikiston — 11 186 nafar;

Afg‘oniston — 1 087 nafar;

Xitoy — 547 nafar;

Turkiya — 410 nafar;

Hindiston —366 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 231 nafar;

Janubiy Koreya — 227 nafar;

Eron — 115 nafar;

AQSH — 115 nafar;

Boshqa davlatlar — 747 nafar.

  Matbuot xizmati