12/06/2024

2024- yilning 12- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari X.Egamov Qo‘shko‘pir tumanining "Yoshlik " mahallasidan X.Ro‘zmetov xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi Sh.Xudoyberganov tomonidan qayd etib borildi.
Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi holatini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xtzmati