2024- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 18,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmi 18,5 %ga ko‘paygan.
Shundan:
eksport – 8,8 mln dollar
import – 9,6 mln dollar.
Hisobot davrida tuman tashqi savdo tovar aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi yuqori bo‘lgan, xususan eksportning 70,3 %ni, importning 47,9 %ini shu turdagi mahsulotlar tashkil qilgan.
Axborot xizmati