2024- yilning 1- may holatiga Qo‘shko‘pir tumanida 448 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 6 taga kamaygan.
Tuman bo‘yicha savdo (197 ta), sanoat (115 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (44 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalarida (38 ta) faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni salmoqli bo‘lgan.
Joriy yilning yanvar- aprel oylarida tumanda 32 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.
Axborot xizmati