2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha kichik korxonalar
va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 259,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich hududdagi umumiy qurilish ishlarining 61,2 %ini tashkil etgan.
2024- yilning 1- may holatiga Urganch shahrida 348 ta kichik korxona va mikrofirma qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati