2024-yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 31,5 % ga oʻsgan.
Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida ularning ulushi 59,3 % ni tashkil etdi.