05/06/2024

2024-yilning yanvar-aprel oyida Tuproqqal’a tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,5 %ga oshgan va 101,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori hajm savdo (29,9 mlrd so‘m), transport (27,5 mlrd so‘m), moliyaviy (16,5 mlrd so‘m), aloqa va axborotlashtirish (6,7 mlrd so‘m) xizmatlarida qayd etilgan.

Xizmatlar umumiy hajmining 77,2 mlrd so‘mi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati