2024-yilning yanvar-aprel oylarida Bog‘ot tumanidagi sanoat korxonalari tomonidan hajmi 165,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Tuman sanoatida quyidagi mahsulotlar yuqori ulushga ega bo‘lgan:
to‘qimachilik mahsulotlari – 49,1 %
oziq-ovqat mahsulotlari – 30,6 %
mebel ishlab chiqarish – 5,2 %
kiyim ishlab chiqarish – 3,7 %.
Sanoat ishlab chiqarishining 64,6 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati