2024- yilning 31- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan bu galgi seminarda ishtirokchilarga “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi shu yilning 24- mayida qabul qilingan PF-80- sonli, 27- maydagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-82-sonli Prezident farmonlari tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qarorlarning mazmun-mohiyati va ularning amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib o‘tdi.
Axborot xizmati