03/06/2024

Xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan

O‘zbekiston Jahon banki tomonidan yuritiladigan “Xalqaro taqqoslash dasturi”da ilk bor rasman ishtirok edi.

2024- yil 31- may kuni dasturning 2021- yilgi global bosqichi natijalari Jahon bankining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha 2021- yilda:

- yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSH dollarni;

- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 8 162 AQSH dollarni tashkil etdi.

Jahon bankining mazkur hisob-kitoblari Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan.

Paritet – hisob-kitoblar jarayonida mamlakatlar o‘rtasida narxlar darajasidagi farqlarni bartaraf etadigan, o‘ziga xos almashish koeffitsiyenti hisoblanib, xarid qobiliyati pariteti bir vaqtning o‘zida ham deflyator, ham pul birliklarini taqqoslama valyutaga aylantirish vositasidir.

Matbuot xizmati