2024- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumani xorijiy davlatlarga hajmi 8,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar (xizmatlar) eksportini amalga oshirgan.
2023- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 28,9 %ga ko‘paygan.
Tuman eksportining 79,9 %i MDH davlatlari, 20,1 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport tarkibida yuqori hajmga ega tovarlar:
oziq-ovqat mahsulotlari – 6,2 mln dollar
mineral yoqilg‘i va moylash materiallari – 1,3 mln dollar
sanoat tovarlari – 1,1 mln dollar.
Axborot xizmati