03/06/2024

2024-yilning yanvar-aprel oyida Gurlan tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 12,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

TSA hajmi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,6 % darajada qayd etilgan.

Shundan:

eksport – 10,5 mln dollar (175,5 %)

import – 1,7 mln dollar (41,1 %).

Tuman eksporti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining (72,4 %), importida esa mashina va transport uskunalarining (97,1 %) ulushi yuqori bo‘lgan.

 Axborot xizmati