03/06/2024

2024- yil yanvar- aprel oylarida Urganch shahrining  sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 097,2 mlrd so‘mni, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 15,4 %ni tashkil etdi.

Hudud sanoatida eng yuqori hajm ichimliklar ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelgan va 38,8 %ni yoki 425,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari (12,3 %), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (9,0 %), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7,1 %) sanoati yuqori ulushga ega bo‘lgan.

 Axborot xizmati