2024- yil 1- may holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 1 006 ta korxona faoliyat ko‘rsatib, viloyatdagi jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 3,8 %ini tashkil etdi.
Tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishidagi korxonalarning tarkibida:
quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 786 tani
ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishida – 199 tani
pochta va kuryerlik yo‘nalishida – 15 tani
havo transporti yo‘nalishida – 6 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati