30/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanida mavjud 421 ta sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 391,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Viloyat sanoat ishlab chiqarishida tumanning ulushi 5,5 %ga to‘g‘ri kelgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori hajmga ega bo‘lgan va 180,6 mlrd so‘mni (46,1 % ulushni) tashkil etgan.

Shuningdek, yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari (76,0 mlrd so‘m), boshqa nometall mineral mahsulotlari (65,5 mlrd so‘m) va kiyim (18,7 mlrd so‘m) ishlab chiqarish yo‘nalishlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati