2024- yil yanvar- aprel oylarida Bog‘ot tumanida 93,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning hajmi 4,5 %ga o‘sgan.
Qurilish ishlari umumiy hajmining 39,5 %i yoki 37,0 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida ushbu sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibida:
yangi turar-joylar qurilishi – 33,1 mlrd so‘mni
yangi noturar-joylar qurilishi – 2,6 mlrd so‘mni
turar-joylarni ta’mirlash ishlari – 1,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati