29/05/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 298,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.



Bu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3 % ga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3 %), Pokiston (24,2 %), Qozog‘iston (13 %) va Xitoy (9,3 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5 % ini tashkil etgan.

 

Matbuot xizmati