29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida o‘tkazilgan parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 368,0 mlrd so‘mni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,1 %ni tashkil etdi.

Bunda har xil yoshdagi qoramollar savdosi 334,2 mlrd so‘mni, qo‘y va echkilar –  31,6 mlrd so‘mni, parrandalar – 2,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

 

 

Axborot xizmati