29/05/2024

2024- yilning  1- may holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 623 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 1 605 tasini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

O‘tgan yilning 1- mayiga nisbatan sohada kichik korxona va mikrofirmalar soni  108 taga oshgan.

Hududlar kesimida  yashash va ovqatlanish yo‘nalishida eng ko‘p kichik biznes subyekti Urganch shahri (385 ta), Xiva shahri (273 ta), Urganch tumani (163 ta) va Xonqa tumanida (106 ta) faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

Axborot xizmati