29/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Qo‘shko‘pir tumanida mavjud 368 ta sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 272,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Tuman sanoat ishlab chiqarishida yuqori hajm to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 166,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich  umumiy hajmning 61,1 % ulushiga teng bo‘lgan.

Shuningdek, yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari (66,0 mlrd so‘m) va kiyim (11,1 mlrd so‘m) ishlab chiqarish yo‘nalishlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati