24/05/2024

Ichki savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda dehqon va chorva bozorlarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan savdo hajmlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Shu boisdan, statistika idoralari tomonidan har oyda Xorazm viloyatining mavjud dehqon va chorva bozorlarida kuzatuvlar belgilangan reja-jadval asosida o‘tkazib kelinmoqda.
2024- yilning 24- may kuni 12 bozor (dehqon) va 12 bozor (chorva) kuzatuvlari Gurlan va Shovot tumanlarida o‘tkazildi.
Tanlanma kuzatuvi davomida chorva va dehqon bozorlaridagi savdo ko‘rsatkichilari o‘rganildi va natijalari planshetlarga o‘z vaqtida qayd etib borildi.

Axborot xizmati