Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan viloyat statistika boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Bu avvalo, ilmiy tadqiqot ishlari, o‘quv seminarlari tashkil etish, iqtisodiyot yo‘nalishlarida birgalikda amaliy samarali faoliyatni olib borishda namoyon bo‘lmoqda.
Joriy yilning 24- may kuni Urganch davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan bir guruh talabalarning hududiy boshqarmaga ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiya davomida yoshlar boshqarma binosi va xodimlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Xususan, statistik hisobotlar va ularning turlari, tarmoq bo‘limlarida hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish va umumlashtirish bo‘yicha faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiyaning ajralmas qismi sifatida talabalarga tizimdagi amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbirining asosiy vazifalari va maqsadlari, viloyatda tadbirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi.