Bugun, 24- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni Prezidentning 2024- yilning 10- maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-sonli qarorining asosiy mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, unda keltirilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Axborot xizmati