2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda umumiy hajmi 233,5 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
2023- yilning tegishli davriga nisbatan mazkur xizmatlarning 7,8 %ga o‘sishi qayd etilgan.
Hududiy kesimda ta’lim xizmatlarining yuqori hajmi Urganch shahrida 133,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Yuqori hajm, shuningdek, Xiva shahri (46,2 mlrd so‘m) va Urganch tumani (10,2 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati