2024- yilning 1- may holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 249 ta tijorat korxona va tashkilotlarining 13 658 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilning 1- mayi bilan taqqoslaganda MCHJ lar sonining o‘sish sur’ati 109,2 %ni tashkil qilgan.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan sohalar:
yashash va ovqatlanishda - 127,3 %
savdoda - 122,5 %
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 104,0 %
axborot va aloqada – 104,1 %
tashish va saqlashda – 102,8 %.
Axborot xizmati