2024- yilning 23- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Qurbanova ishtirokida Urganch tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar davomida o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ro‘yxatga olish ishlarining zamonaviy usullari va afzalliklari xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati