23/05/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-aprel oylarida qiymati 1 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

 Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 11,9 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 % ga oshgan.

 Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,3 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan.

 2024- yilning yanvar-aprel oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

 To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

Kalava-ip – 473,6 mln

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 377 mln

Trikotaj mato – 94,6 mln

Gazlamalar – 52 mln

Paypoq mahsulotlari – 14,2 mln.

 Matbuot xizmati